Jude Bellingem faoliyatidagi eng og'ir armonini aytdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jude Bellingem faoliyatida hanuz unutolmayotgan eng alamli lahza qaysi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi Dortmundning «Borussiya»sida to'p surgan paytida Bundesligani so'nggi turda boy berib qo'yganini esladi. «Mayns» ustidan g'alaba qozonilsa, «asalarilar» chempion bo'lar edi, biroq o'yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi va oltin medallar yana «Bavariya»ga nasib etdi.
«Meni hali ham ta'qib qilayotgan omadsizlikmi? “Borussiya” bilan mavsumning so'nggi kunida qo'ldan chiqib ketgan chempionlik. Eslatganingiz uchun rahmat», — deya futbolchining so'zlarini Madrid Zone keltiradi.
Bellingem 2023 yil yozida, Germaniyadagi o'sha dramatik yakundan ko'p o'tmay, «Borussiya»dan «Real»ga ko'chib o'tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!