Ikardi xet-triki Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray o'z maydonida Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u uchta gol urib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi hamda klub tarixidagi eng sermahsul legioner sifatida yangi marrani egalladi.
Ikardi bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Gheorghe Hadjiyni ortda qoldirdi: Hadji Galatasaray safida 75 gol urgan bo'lsa, Mauro endi 76 gol bilan peshqadam. Umumiy to'purarlar ro'yxatida esa argentinalik futbolchi yettinchi o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray sharafini himoya qiladi. U bungacha fransuzning PSJ klubida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing