date

Lion Nitsani yengib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Lion Nitsani yengib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi

Fransiya Liga 1ning 22-turida bugungi kunda eng barqaror jamoalardan biri bo‘lib turgan “Lion” o‘z maydonida “Nitsa”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Pavel Shults hujumni keskinlashtirdi, Korenten Tolisso esa imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni ochdi — 1:0. Uchrashuvning 64-daqiqasida Sharl Vanxutt jarima maydoniga uzatmani ilib qoldi, Noy Narti esa to‘pni darvozaga joylab, farqni ikkitaga oshirdi — 2:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lion” turnir jadvalida 3-o‘rinni mustahkamlab oldi va yetakchidan 7 ochko ortda bormoqda. “Nitsa” esa 14-pog‘onada qolib ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lion Nitsani yengib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi