date

Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu uch gol Ikardiga klub tarixidagi muhim marrani olib keldi: u Galatasarayning eng sermahsul legioner to'purari bo'ldi. Shu tariqa, Ikardi ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi — Hadjining hisobida 75 gol bo'lgan bo'lsa, Mauro endi 76 ta gol bilan yangi rekord egasiga aylandi.

Umumiy to'purarlik ro'yxatida esa argentinalik forvard hozircha yettinchi pog'onani egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, Ikardi 2023 yildan beri Galatasaray safida o'ynab kelmoqda, bungacha u PSJ tarkibida to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi het-trigi Galatasaray tarixida yangi rekord o'rnatdi