Atletiko Simeone davrida kutilmagan antirekord qayd etdi

La Liganing 24-turida Madridning «Atletiko» jamoasi safarda «Rayo Valyekano»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — 0:3. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Asalarilar» uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, tanaffusdan keyin esa mezbonlar yana bir gol urib, o‘yin taqdirini butunlay hal qildi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, «matraschilar» Simeone davrida ilk bor Ispaniya chempionati uchrashuvining birinchi bo‘limida darvozasi tomon 7 ta aniq zarbaga yo‘l qo‘ydi. Bunday holat oxirgi marta 2011 yil mart oyida «Visente Kalderon»da «Real»ga qarshi derbida qayd etilgan.
Diego Simeone «Atletiko»ni 2011 yil dekabridan beri boshqarib keladi. Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida madridliklar ikki marta La Liga chempioniga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!