Arbeloa Benfika o'yini oldidan Trentni tanladi

Madridning “Real” klubida o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jarohatdan keyin maydonga qaytib, bosh murabbiy Alvaro Arbeloani o'yini bilan ishontira oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi jarohatini davolab, dekabr oyidan beri ilk bor La Ligadagi “Real Sosyedad”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. 27 yoshli himoyachi assist qayd etdi va faol, yorqin o'yin ko'rsatdi. Marca xabariga ko'ra, Trent Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo'ladigan bahsda ham start tarkibida maydonga chiqadi — “qirollik klubi” ustozi uning tayyorgarligiga shubha qilmayapti.
“Benfika” – “Real” qarama-qarshiligining ilk uchrashuvi seshanba kuni Lissabonda bo'lib o'tadi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!