date

Arne Slotning Liverpuldan ketishi uchun shart ma'lum bo'ldi

Arne Slotning Liverpuldan ketishi uchun shart ma'lum bo'ldi

«Liverpul»da yaqin orada bosh murabbiy almashishi ehtimoli kuchaydi. Mersisayd klubi APLdagi joriy mavsumda qoniqarsiz natijalar qayd etayotgani fonida Arne Slotning kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, agar jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo'llanma olmasa va birorta ham sovrinni qo'lga kirita olmasa, «qizillar» rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis bilan xayrlashishi mumkin.

Slot o'rniga eng asosiy nomzod sifatida Xabi Alonso tilga olinmoqda. «Liverpul»da futbolchi sifatida to'p surgan ispaniyalik mutaxassis yanvar o'rtalarida Madridning «Real» klubidan bo'shatilgani aytilmoqda.

Ayni paytda «qizillar» Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slotning Liverpuldan ketishi uchun shart ma'lum bo'ldi