Messi Lego'dan jahon chempionati kubogini yig'di

Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messi ijtimoiy tarmoqlarda Lego konstruktori yordamida jahon chempionati kubogi maketini yig'ib chiqqanini ko'rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi suratlar ostida “Biz buni yakunladik, Lego” deya faxr bilan yozdi. Yig'ilgan model balandligi bo'yicha original trofeyga mos bo'lib, u 2842 ta detalldan iborat ekani qayd etildi.
Ko'rinib turibdiki, bunday murakkab konstruktsiyani yig'ish ancha vaqt talab qiladi. Eslatib o'tamiz, Argentina hozirda amaldagi jahon chempioni: so'nggi mundial finalida “albiseleste” Fransiya bilan 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida g'alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing