Simeone mag‘lubiyatni tan oldi: kecha «Rayo Valekano» kuchliroq edi...

1 daqiqa o'qish202
Simeone mag‘lubiyatni tan oldi: kecha «Rayo Valekano» kuchliroq edi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Rayo Valekano»ga qarshi uchrashuvdagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatda raqib jamoa kuchliroq bo‘lganini tan oldi.
  • Uning aytishicha, «Atletiko» hujumga tez o‘tish va so‘nggi uzatmalarda aniqlikni ta'minlay olmadi, shu bois vaziyatlar yaratishda qiynaldi.
  • 24 turdan keyin «Atletiko»
  • 45 ochko bilan 3-o‘rinda, «Rayo Valekano» esa 23 o‘yindan so‘ng 25 ochko bilan 17-pog‘onada bormoqda.

Simeone mag‘lubiyatni tan oldi: kecha «Rayo Valekano» kuchliroq edi...
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyat (0:3) ortidan fikr bildirdi. Ustoz bu safar odatdagidek aylanma gaplarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri haqiqatni aytdi: maydonda kuchliroq jamoa g‘alaba qildi.

Simeonening ta’kidlashicha, «Rayo» o‘yinda ancha ustun ko‘ringan, «Atletiko» esa deyarli hech narsa yarata olmagan.

«Ular bizdan kuchliroq bo‘ldi, bizda esa amalda imkoniyatlar juda kam edi. Masala intensivlik yoki xohishda emas. Biz juda yomon o‘ynadik, ular esa yaxshiroq harakat qildi. Shuning uchun ham ularda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi.

Bizda hujumga tez o‘tish ham, so‘nggi uzatmalar ham sifatli chiqmadi. Ular g‘alabaga ko‘proq loyiq edi», — deya Simeonening so‘zlarini Marca nashri keltirdi.

Murabbiyning bu gaplaridan bitta narsa aniq: u mag‘lubiyatni “baxtsizlik” yoki “tasodif” deb berkitmadi. Aksincha, jamoaning asosiy muammolarini ochiq ko‘rsatdi — tezkor o‘tishlar ishlamadi, hal qiluvchi paslarda aniqlik yetmadi, natijada hujumda ta’sir ham ko‘rinmadi.

Ma’lumot uchun, La Ligada 24 turdan keyin «Atletiko» 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Rayo Valekano» esa 23 o‘yindan so‘ng 25 ochko to‘plab, 17-pog‘onada joylashgan.

Qisqasi, «Atletiko» jadvalda yuqorida turgan bo‘lsa ham, Valekasda “qog‘ozdagi nom” ishlamadi — maydondagi futbol hal qildi. Endi Simeone uchun eng muhim vazifa — shu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, jamoani tezda o‘z holatiga qaytarish. Chunki yuqori o‘rinlar uchun poygada bunday kechalarni ko‘p ko‘tarib bo‘lmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?