date

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Afsonaviy futbolchi Andres Inyesta yana futbolga yaqin yo‘nalishda ish boshlashi mumkin. BBC Glasgow Times nashriga tayanib xabar berishicha, 41 yoshli mutaxassisni Marokash terma jamoasi o‘z safiga taklif qilishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Inyestaga Marokash milliy jamoasida texnik direktor lavozimi taklif etilishi mumkin.

Yozda Marokash terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “Atlas sherlar” Braziliya, Shotlandiya va Gaiti bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi jahon chempionatida Marokash terma jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egallagan: yarim finalda Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazgan, uchinchi o‘rin uchun o‘yinda esa Xorvatiyadan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Andres Inyesta Marokash terma jamoasiga chaqirilishi mumkin