date

Xarri Kane barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kimligini ma'lum qildi

Xarri Kane barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kimligini ma'lum qildi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Kane GOAL nashriga bergan intervyusida futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi kim degan savolga javob berdi. Angliyalik futbolchi barcha davrlarning eng kuchli forvardi sifatida braziliyalik Ronaldoni tanladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ushbu tanlovdan so'ng "442oons" loyihasi Krishtianu Ronaldo, Lionel Messi va Zlatan Ibragimovich kabi yulduzlarning ushbu qarorga nisbatan xayoliy reaksiyalari aks etgan hajviy videoni taqdim etdi. Videoda Kane tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan yulduzlarning hazilomuz noroziliklari ko'rsatilgan.

Xarri Kane o'z intervyusida ko'plab mahoratli hujumchilar orasidan aynan braziliyalik afsonani ustun ko'rishini ta'kidlagan. Hozirda Myunxen klubi sharafini himoya qilayotgan Kane uchun aynan "so'yloq" laqabli Ronaldo asosiy namuna hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xarri Kane barcha davrlarning eng yaxshi hujumchisi kimligini ma'lum qildi