date

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida "Galatasaray" "Eyupspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu o'yindagi xet-triki klub tarixidagi muhim natijani ham taqdim etdi: u "Galatasaray" safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Mauro jami 76 ta gol bilan ruminiyalik Gheorghe Haji (75) ko'rsatkichini ortda qoldirdi.

Klubning umumiy to'purarlari ro'yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, u "Galatasaray"da 2023 yildan beri to'p suradi, bungacha fransuz "PSJ" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi