PSJ Chempionlar ligasida Safonovga ishonch bildirmoqda

Darvozabon Matvey Safonov qishdan buyon PSJning asosiy posboni sifatida maydonga tushib kelmoqda, faqat jarohat sababli bir muddat o‘yinlarda qatnashmadi. Parij klubi Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvda ham aynan Safonovga tayanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Liga 1 grandi matbuot xizmati «Monako»ga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatni e’lon qildi. Unda quyidagi futbolchilar bor: Hakimi, Beraldo, Markinyos, Zabarniy, Kvaratsxeliya, Ramush, Dembele, Due, Vitinya, Kan-In, Lyuka Ernandes, Mendes, Dro, Barkola, Shevale, Zair-Emeri, Safonov, Mbaye, Pacho, Nevesh, Marin.
«Monako» va «PSJ» Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvini 17 fevral, seshanba kuni o‘tkazadi. Bellashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!