date

Ikardi xet-trik qilib Galatasaray tarixiga kirdi

Ikardi xet-trik qilib Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaray” “Eyupspor” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u uchta gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu xet-trik Ikardiga klub tarixida muhim natijani ham olib keldi: u “Galatasaray” safida eng ko‘p gol urgan legionerga aylandi. Avvalgi rekord ruminiyalik Georghe Hadjiga tegishli edi — 75 ta gol, Ikardining hisobida esa endi 76 ta gol bor.

Klub to‘purarlari umumiy ro‘yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog‘onada qayd etilmoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2023 yildan beri “Galatasaray” sharafini himoya qiladi, undan avval PSJda o‘ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qilib Galatasaray tarixiga kirdi