date

MakKarti Ronaldu bilan ishlash meni hayratga solmadi deydi

MakKarti Ronaldu bilan ishlash meni hayratga solmadi deydi

Benni MakKarti bir necha yil avval "Manchester Yunayted"da hujumchilar bo'yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Sobiq futbolchining aytishicha, u Krishtianu Ronaldu bilan ishlashdan cho'chimagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

MakKarti Ronaldu darajasidagi yulduz bilan ham murabbiy sifatida nimadir bera olishini ta'kidladi. "U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lsa ham, men undan ko'proq yashaganman va baribir nimanidir o'rgata olaman. Shunday ekan, nega "vau" deyishim kerak? Faqat Ronaldu bo'lgani uchun unga mahliyo bo'lishim shartmi? Yo'q, men u yerga nimadir berish uchun borgandim", — dedi MakKarti Creamer Media'ga.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2022 yil oxirida faoliyatida ikkinchi bor "Manchester Yunayted"ni tark etgan. Oradan ko'p o'tmay portugaliyalik hujumchi "Al-Nasr" bilan shartnoma imzolagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » MakKarti Ronaldu bilan ishlash meni hayratga solmadi deydi