Boka Xuniorsda sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan bevosita hamkorlikda ishlaydi. Jamoa yaqin fursatda tarkibni kuchaytirishga muhtoj bo‘lib turgani sabab, duet oldida dolzarb vazifalar turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing