date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o'yinni o'tkazib yuborishiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qilgan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs borligini ko'rsatdi.

Shuningdek, mutaxassis Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarni ko'p hollarda o'tkazib yuborishi yangilik emasligini eslatdi. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega dam olishini aytdi