Vinisius Mbappe va Bellingemni Realga chorlagan sababini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior avvalroq Kilian Mbappe va Jud Bellingemni jamoaga kelishga ko‘ndirishga harakat qilganini ma’lum qildi. Braziliyalik futbolchi buni nega qilganini ham tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vinisiusning aytishicha, u har yoz Mbappega xabar yuborib, «Qachon kelasiz?» deb so‘rab turgan. «Men go‘yoki uning agenti edim», deya kulib esladi hujumchi. Xuddi shunday chaqiriqlarni Bellingemga ham yo‘llaganini qo‘shimcha qildi.
«Men eng kuchli futbolchilar bilan birga o‘ynashni xohlayman. Shunda g‘alaba qozonish imkoniyati ham ko‘proq bo‘ladi», — deya Vinisiusning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe «Real» safida ikkinchi mavsumini, Bellingem esa uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
«Real»ning navbatdagi uchrashuvi 17 fevral kuni safarda «Benfika»ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!