Rossiya futbol ittifoqi UYEFA bilan muzokarada Osiyo kartasini ishga solishi mumkin

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) UYEFA bilan muzokaralarda bosim vositasi sifatida yana Osiyo konfederatsiyasiga o‘tish mavzusini ko‘tarishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«RB Sport» portali xabariga ko‘ra, hatto FIFA Rossiya futboliga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilgan taqdirda ham, UYEFAning qat’iy pozitsiyasi tufayli xalqaro maydonga tezda qaytish kafolatlanmaydi. Manbaga ko‘ra, RFI Yevropaga nisbatan Rossiyaga qarshi davlatlar kamroq bo‘lgan Osiyo yo‘nalishini “richag” sifatida ko‘rsatib, muzokarada ustunlik olishga urinishi ehtimol.
Shuningdek, manba bahor oylarida Rossiya Olimpiya qo‘mitasi to‘liq tiklanishi mumkinligi ham FIFA va UYEFAga qo‘shimcha dalil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlaydi. Bu holat Rossiya yoshlar terma jamoasiga 2028 yilgi Olimpiada saralashida qatnashish yo‘lini ochishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik klublar va terma jamoalar 2022 yildan beri xalqaro turnirlardan chetlatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!