date

Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltisini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Bundesligada "Verder"ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbani golga aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu uchrashuvning o‘zida 32 yoshli futbolchi yana bir muhim marrani ham qayd etdi: u klub va terma jamoa miqyosida umumiy hisobda 500-gol chegarasiga yetdi.

FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn 21 asrda penaltidan 100 ta gol urishga erishgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ro‘yxatda undan yuqorida faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) bor.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda "Tottenhem"dan "Bavariya"ga o‘tgan, u professional faoliyatining katta qismini London klubida o‘tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn 21 asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi