date

RB Leyptsig tajribali darvozabonidan muddatga ayrildi

RB Leyptsig tajribali darvozabonidan muddatga ayrildi

«RB Leyptsig» jamoasi asosiy darvozaboni Peter Gulachini kamida bir yarim oyga yo‘qotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda Bundesligada «Volfzburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.

Eng muhimi, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak bo‘lmaydi. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog‘lam uzilganini aniqlashdi. Gulachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 22 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, 10 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Hozirda «RB Leyptsig» Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig tajribali darvozabonidan muddatga ayrildi