date

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi

«RB Leyptsig» jamoasi asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz kamida olti hafta harakat qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi taymdayoq maydonni tark etdi.

Yaxshi tomoni shundaki, Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak bo'lmaydi. Unda chap tizzadagi medial kollateral bog'lam uzilishi aniqlangan. Darvozabon bu mavsum barcha musobaqalarda 22 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 10 tasida darvozasi daxlsiz qolgan.

Hozirda «RB Leyptsig» Germaniya chempionati turnir jadvalida 40 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan vaqtincha ayrildi