RB Leyptsig asosiy darvozaboni Gulachini bir muddatga yo'qotdi

Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi kamida bir yarim oy davomida jamoaning asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vengriyalik posbon «buqalar»ning «Volfsburg»ga qarshi uy uchrashuvida jarohat olgan. U birinchi bo'limdayoq maydonni tark etishga majbur bo'lgan.
Yaxshi tomoni shundaki, Gulachiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Shifokorlar uning chap tizzasidagi medial kollateral bog'lam yirtilganini aniqlagan. Darvozabon joriy mavsumda 22 rasmiy o'yinda maydonga tushib, ularning 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
«RB Leyptsig» Bundesligada hozirda 40 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog'onasida bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing