Totti Mourinyu bilan ishlamaganidan afsusda qolganini aytdi

“Roma”ning sobiq sardori Franchesko Totti portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu qo‘l ostida ishlash nasib etmaganidan afsusda ekanini bildirdi. Mourinyu yaqinda rimliklar bilan birga faoliyat yuritgan, biroq bu davr Tottiga taalluqli emas — afsona futbolchi 2017 yilda karyerasini yakunlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tottining ta’kidlashicha, Mourinyu davrida u o‘z imkoniyatlarini yanada to‘liqroq namoyon qila olgan bo‘lardi. Uning fikricha, portugaliyalik mutaxassis ochiqko‘ngil, futbolchilarga maydonda erkinlik beradigan murabbiy sifatida tanilgan va jamoani boshqarishda juda kuchli.
“Senda shuncha iqtidorli futbolchi bo‘lsa, ularni shunchaki mashq qildirish yetmaydi — eng muhimi, to‘g‘ri boshqara bilish,” deya Tottining so‘zlarini fcinter1908.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Roma” A Seriyada beshinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!