date

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan ayrildi

RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan ayrildi

“RB Leyptsig” kamida bir yarim oyga asosiy darvozaboni Peter Gulachisiz qoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vengriyalik posbon yaqinda “buqalar”ning “Volfsburg”ga qarshi uy uchrashuvida jarohat oldi va birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.

Yaxshi tomoni, futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerak emas. Unda chap tizzadagi medial kollateral bog‘lam uzilishi aniqlangan. Gulachi joriy mavsumda 22 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, 10 uchrashuvni “quruq” o‘tkazgan.

Bundesliga turnir jadvalida “RB Leyptsig” hozircha beshinchi o‘rinda bormoqda — jamoa hisobida 40 ochko bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » RB Leyptsig tajribali darvozaboni Gulachidan ayrildi