Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining yettinchi turidan keyin «Shanxay Shenxua» pley-off yo‘llanmasi uchun kurash imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy shogirdlari «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo‘lmasa turnir bilan munosib xayrlashishga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida tayliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikkita gol urib, o‘yinning yo‘nalishini belgilab qo‘ydi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilgach, vaziyat yanada og‘irlashdi va intriga deyarli so‘ndi. Shu tariqa jamoa turnirdagi navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!