date

Real markaziy himoya uchun Konateni asosiy nishon qildi

Real markaziy himoya uchun Konateni asosiy nishon qildi

Madridning «Real» klubi yozgi qayta qurish jarayonida himoya chizigini kuchaytirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida belgiladi. Diario Sport xabariga ko‘ra, markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun ustuvor variant — «Liverpul» futbolchisi Ibraima Konate. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, fransuz himoyachi «qizillar» bilan shartnomasini uzaytirmasa, iyun oxirida kelishuv muddati tugashi ortidan erkin agent sifatida bozorga chiqishi mumkin. «Qirollik klubi» Konatega o‘tgan yili ham jiddiy qiziqqan, biroq keyinroq bu mavzu sovigandi. So‘nggi haftalarda 26 yoshli futbolchining Madridga yo‘l olishi haqidagi gap-so‘zlar yana kuchaydi. Transfermarkt Konateni 50 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real markaziy himoya uchun Konateni asosiy nishon qildi