date

«Al-Nassr» rahbariyati Salahni transfer qilish uchun Jezusga ruxsat berdi

«Al-Nassr» rahbariyati Salahni transfer qilish uchun Jezusga ruxsat berdi

Misrlik yulduz Mohamed Salah va portugaliyalik afsona Cristiano Ronaldo bir jamoada to'p surishi haqidagi xabarlar haqiqatga yaqinlashmoqda. «Liverpul» hujumchisi erkin agentga aylanishi arafasida «Al-Nassr» klubining asosiy nishoniga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

«Al-Nassr» bosh murabbiyi Jorge Jesus joriy yozgi transfer oynasida Salahni sotib olish rejasini ma'qulladi. Misrlik futbolchining «Enfild»dagi faoliyati 2025-26 yilgi mavsum yakunida tugashi kutilmoqda, biroq Saudiya klubi uni hoziroq o'z safiga qo'shib olishga tayyor.


Ushbu transferning amalga oshishi murabbiy Jorge Jesusning klubdagi kelajagiga ham bog'liq. Hozirda mutaxassis va klub rahbariyati o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Kelishuvga erishilsa, Salahning transferi bo'yicha yakuniy qadamlar tashlanadi.


Sobiq futbolchi Paul-Jose M’Poku Salahning Yaqin Sharqqa ko'chib o'tishi muqarrar ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg'armasi uchun Salah mintaqaning madaniy elchisi sifatida eng muhim maqsad hisoblanadi.

Salah joriy mavsumda «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi tizzasidagi jarohati sababli mavsumni muddatidan oldin yakunlash xavfi ostida turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Al-Nassr» rahbariyati Salahni transfer qilish uchun Jezusga ruxsat berdi