date

Hafta boshida Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Hafta boshida Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?

Ertaga, 27 aprel kuni Oʻzbekiston hududlarining katta qismida oʻzgaruvchan ob-havo kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlumotida keltirib oʻtildi.

Unga koʻra, TOSHKENT ShAHRIda havo oʻzgarib turuvchi boʻladi, yogʻingarchilik ehtimoli kutilmayapti. Shamol sharqiy yoʻnalishdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja atrofida, kunduzi esa 26-28 darajagacha koʻtariladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI va XORAZM VILOYATI hududlarida ham havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan birga kechishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻlishi kutilmoqda.

BUXORO VILOYATI va NAVOIY VILOYATI da ham xuddi shunday ob-havo sharoiti saqlanadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayib, changli boʻronlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja, choʻl hududlarida esa kechasi 10-15 daraja va kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

SIRDARYO VILOYATI, JIZZAX VILOYATI hamda SAMARQAND VILOYATI da ham havo oʻzgaruvchan boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-toʻzonlar bilan kechishi ehtimoldan holi emas. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja atrofida boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI va SURXONDARYO VILOYATI da havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqiy tomondan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, changli boʻronlar yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi esa 30-35 darajagacha yetadi.

ANDIJON VILOYATI, NAMANGAN VILOYATI va FARGʻONA VILOYATI da ham havo oʻzgaruvchan boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 26-31 daraja boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida esa havo oʻzgaruvchan boʻlib, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqiy yoʻnalishdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi esa 17-22 daraja iliq boʻladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta boshida Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻladi?