Toshkentda UzChess Cup: jahon yulduzlari shaxmatga jamlanadi

Toshkentda UzChess Cup: jahon yulduzlari shaxmatga jamlanadi
Qisqacha

Toshkentda 6–16-iyun kunlari umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 dollarni tashkil etuvchi III xalqaro "UzChess Cup" turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Nodirbek Abdusattorov, Yan Nepomnyashiy va Arjun Erigaisi kabi dunyoning eng kuchli grossmeysterlari g‘oliblik uchun bahslashadilar. Turnir to‘rtta guruhda (Masters, Challengers, Futures va Open) tashkil etilib, unda tajribali yulduzlar bilan birga yosh iste’dodlar ham o‘z mahoratini namoyish etadi. Ushbu nufuzli tadbir poytaxtimizni yana bir bor jahon shaxmati markaziga aylantirib, haqiqiy aql va strategiya jangiga mezbonlik qiladi.

Toshkent shahri yana bir bor jahon shaxmati markaziga aylanish arafasida. Joriy yilning 6–16 iyun kunlari poytaxtimizda III xalqaro «UzChess Cup» turniri boʻlib oʻtadi va u dunyoning eng kuchli grossmeysterlari hamda istiqbolli yosh isteʼdodlarni bir maydonga jamlaydi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Bu esa turnir nufuzini yanada oshirmoqda. Eng qiziq jihatlardan biri — har bir guruh gʻolibi keyingi yilgi «UzChess Cup»ning yanada yuqori bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Turnir Masters, Challengers, Futures va Open guruhlarida tashkil etiladi. Bu format tajribali grossmeysterlar va yangi avlod shaxmatchilarining bir vaqtda raqobat qilishiga sharoit yaratadi.

Ayni paytgacha ishtirok etishi tasdiqlangan yulduzlar roʻyxati ham muxlislarda katta qiziqish uygʻotmoqda. Ular orasida Yan Nepomnyashiy, Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaysi, Javohir Sindorov, Xans Nimann, Shaxriyar Mamedyarov, Vidit Gujrati, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nikolas Teodoru kabi mashhur nomlar bor.

Qisqacha aytganda, «UzChess Cup» nafaqat musobaqa, balki haqiqiy shaxmat shouga aylanmoqda. Toshkentda yana bir bor aql, strategiya va iroda janglari guvohi boʻlamiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar