date

Tottenhem APLdan tushib ketsa, sponsorlarini yo‘qotishi mumkin

Tottenhem APLdan tushib ketsa, sponsorlarini yo‘qotishi mumkin

Londonning «Tottenhem» klubida APLdan tushib ketish xavfi tobora jiddiyroq ko‘rilmoqda. Bu holat jamoa uchun o‘tgan asrning 70-yillari oxiridan beri ilk bor yuz berishi mumkin. Elitadan chiqib ketish esa klub budjetiga katta zarba bo‘ladi, chunki homiylar bilan hamkorlik uzilishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, muhim shartnomalardan biri aynan mavsum yakunida o‘z muddatini tugatadi. Shuningdek, AIA sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlik ham xavf ostida qolishi mumkin, garchi bu kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da. Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan jihat — klub 2019 yilda qurilgan stadioniga hanuzgacha titul homiy topa olmagan. APLning boshqa grandlari bu aktivni allaqachon muvaffaqiyatli monetizatsiya qilib kelayotgan bir paytda, «Tottenhem» uchun bu qo‘shimcha moliyaviy bo‘shliqni anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenhem APLdan tushib ketsa, sponsorlarini yo‘qotishi mumkin