date

Boka Xuniors yangi sport direktorini e'lon qildi

Boka Xuniors yangi sport direktorini e'lon qildi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadonі tayinlaganini ma'lum qildi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tezkor kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgadonning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transferlar va jamoani mustahkamlash yo'nalishida aniq yechimlar topish bo'ladi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to'purari bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors yangi sport direktorini e'lon qildi