date

“Lans”dan superkambek: “Tuluza”ga qarshi 0:2 hisobi 3:2 ga aylantirildi

“Lans”dan superkambek: “Tuluza”ga qarshi 0:2 hisobi 3:2 ga aylantirildi

Fransiya chempionati 30-turi doirasida bo‘lib o‘tgan qiziqarli bahslardan biri Lans shahrida tashkil etildi. Unda mahalliy “Lans” jamoasi o‘z muxlislari qarshisida “Tuluza”ni qabul qildi va haqiqiy gollar shousiga aylangan uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi.

O‘yin juda tezkor va kutilmagan burilishlarga boy tarzda boshlandi. Ilk daqiqalardayoq mehmonlar faollikni qo‘lga olib, 6-daqiqada Kasseres orqali hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 13-daqiqada Koumbassa ustunlikni yana-da oshirib, “Tuluza”ni ishonchli holatga olib chiqdi.

Biroq ikkinchi bo‘limda maydonda mutlaqo boshqa manzara kuzatildi. “Lans” futbolchilari hujumlarni kuchaytirib, raqib darvozasi oldida bosimni oshirdi. 61-daqiqada Abdulhamid hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 67-daqiqada Tomasson muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning eng dramatik lahzasi esa qo‘shimcha daqiqalarga to‘g‘ri keldi. 90+1-daqiqada Ganiu aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga juda muhim va irodaviy g‘alabani taqdim etdi.

Fransiya chempionati, 30-tur

Lans – Tuluza 3:2

Gollar: Abdulhamid 61, Tomasson 67, Ganiu 90+1 — Kasseres 6, Koumbassa 13

Ushbu natijadan keyin “Lans” ochkolarini 62 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi va chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini saqlab qoldi. “Tuluza” esa 37 ochko bilan 16-o‘rinda qolmoqda va quyi o‘rinlardan uzoqlashish uchun kurashni davom ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Lans”dan superkambek: “Tuluza”ga qarshi 0:2 hisobi 3:2 ga aylantirildi