Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayeva surati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayevaning birgalikda tushgan surati katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu suratlar tarqalgandan so‘ng turli xil fikrlar bildirilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar yosh shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularga ijobiy fikrlar yozmoqda. Boshqalar esa ularning shaxsiy hayotiga ortiqcha aralashmaslik kerakligini ta’kidlab, bunday muhokamalarga chek qo‘yishga chaqirmoqda. Ko‘pchilik esa bu vaziyatni oddiy insoniy munosabat va yoshlar tanlovi sifatida qabul qilish lozimligini aytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Bibisora Assaubayeva blis yo‘nalishida uch karra jahon chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u ayollar o‘rtasida eng yosh chempion sifatida Ginness rekordlar kitobidan o‘rin olgan.