date

Ozoda Nursaidova murojaat yo'lladi: “Farzandingizni birovning uyiga tashlab ketmang!” (video)

Ozoda Nursaidova murojaat yo'lladi: “Farzandingizni birovning uyiga tashlab ketmang!” (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga muhim murojaat yo‘lladi. U hozirgi paytda shogird qabul qila olmasligini ochiq aytib, bu borada o‘z fikrlarini samimiy tarzda bayon etdi.

San’atkorning ta’kidlashicha, ayrim ota-onalarning farzandlarini begona odamga ishonib topshirishi mas’uliyatsiz qaror hisoblanadi.

“Farzandlaringizni qanday qilib birovning uyiga tashlab ketasiz? Uning javobgarligini kim o‘z zimmasiga oladi? Axir ta’lim beradigan o‘qituvchilar, topshiriladigan imtihonlar bor. O‘ylab gapiringlar, bu juda jiddiy masala”, — deya fikr bildirdi u.

Shuningdek, xonanda hozirda individual tarzda shogird tayyorlash imkoniyati yo‘qligini ham qo‘shimcha qildi.

“Men hozir shogirt olmayman. Nasib qilsa, vaqtim bo‘sh bo'lgan paytlari katta kurslar ochishim yoki universitetlarda faoliyat yuritishim mumkin. Ammo hozircha individual dars berish — katta mas’uliyat, bunga vaqt ajrata olmayman”, — dedi u.

Ozoda Nursaidovaning bu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozoda Nursaidova murojaat yo'lladi: “Farzandingizni birovning uyiga tashlab ketmang!” (video)