Feruza Normatova turmush o‘rtog‘i bilan sir tutgan yangiligini oshkor qildi!

Aktrisa Feruza Normatova shaxsiy hayotidagi quvonchli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali turmush o‘rtog‘i bilan yangi uyga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi.
San’atkor o‘z izohida yangi uyini “kattagina va did bilan bezatilgan maskan” sifatida ta’riflab, bu yutuq uchun turmush o‘rtog‘iga minnatdorlik bildirdi. U insonlar turli gap-so‘zlar aytishi mumkinligini, biroq o‘zi yaqin insonining mehnati va oilasi uchun qilgan sa’y-harakatlarini yaxshi bilishini ta’kidladi.
Feruza Normatova shuningdek, har qanday vaziyatda turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlashini va unga ishonishini alohida qayd etdi. U oldinda yana ko‘plab quvonchli kunlar borligiga ishonch bildirdi.

Aktrisaning ushbu xabari ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Muxlislar unga baxt, farovonlik va yangi xonadonda fayz tilab samimiy tilaklar bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!