Ikardi xet-trik qayd etdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupspor»ni 5:1 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uchta gol urib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu xet-trik Ikardiga «Galatasaray» tarixida eng ko'p gol urgan legioner sifatida yangi rekordni o'rnatish imkonini berdi. U ruminiyalik Gheorghe Haji natijasidan o'zib ketdi: Haji turk klubida 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.
Klub to'purarlari umumiy ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon «Galatasaray» safida o'ynamoqda, undan avval fransuzning «PSJ» klubida to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing