Slutskining «Shanxay»i OChLda «Buriram Yunayted»ga yutqazdi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat edi, biroq bu safar ham «eshikni qarsillatib yopish»ning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kam bo'lib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!