Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay» Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan «Buriram Yunayted»ga qarshi munosib yakun yasashga urinib ko‘rdi, biroq bu safar ham ish o‘xshamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning ilk bo‘limida «Buriram Yunayted» tezkor tarzda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifi bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va bu holat o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!