Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida maglub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida 7-tur yakunida pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, ammo kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda tailandliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram Yunayted" birinchi taymning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o'yindagi intriga deyarli yakunlandi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!