Denis Makarov Turkiyada ketma-ket ikki o‘yinni o‘tkazib yuborish sababini aytdi

«Kayserispor» vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmagani bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi ikki o‘yinni mushakdagi yengil mikrojarohat sababli o‘tkazib yuborganini ta’kidladi. Makarovning aytishicha, hozir ahvoli yaxshi: u umumiy guruhda mashg‘ulot olib bormoqda, cheklovlarsiz tayyorgarlik ko‘ryapti va uyidagi «Antalyaspor»ga qarshi bahsga hozirlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Makarov «Kayserispor»ga qishki transfer oynasida Moskvaning «Dinamo»sidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U turk klubida hozircha bitta o‘yinda ishtirok etib, gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.
Superliganing 23-turi doirasidagi «Kayserispor» — «Antalyaspor» uchrashuvi 22-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!