Slutskining «Shanxay Shenxua» klubi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo‘lmasa obro‘ uchun natija qilishga urindi, biroq bu safar ham uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning avvalidayoq ikki marta darvozani ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchiga kamayib qoldi va bu o‘yin taqdirini amalda hal qilib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!