Denis Makarov ketma-ket ikki o‘yinni nima uchun o‘tkazib yubordi

«Kayserispor» vingeri Denis Makarov Turkiya chempionatining so‘nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmagani sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, u mushakdagi mikrojarohat tufayli ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan. Hozir esa muammo bartaraf etilgan: Makarov umumiy guruhda cheklovlarsiz mashg‘ulot olib bormoqda va «Antalyaspor»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Makarov qishki transfer oynasida Moskvaning «Dinamo» klubidan erkin agent sifatida «Kayserispor» safiga kelib qo‘shilgan. Turkiya klubida u hozircha bitta o‘yinda qatnashib, natijali harakatlar bilan ajralib chiqmadi.
Superliganing 23-turi doirasidagi «Kayserispor» — «Antalyaspor» bahsi 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!