Kompani Gvardioladan olgan sabogini ochiq aytdi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlagan paytidan qanday xulosalar chiqarganini gapirib berdi. Belgiyalik mutaxassis “Manchester Siti”da ispan murabbiyi bilan birga faoliyat yuritgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani ta'kidlashicha, u Gvardioladan avvalo taktikadan ko'ra kuchli mentalitetni o'rgangan: doimo g'alabani ko'zlash, har bir uchrashuvga finaldek yondashish va raqib nomiga qarab tempni pasaytirmaslik. Uning fikricha, chempionlik uchun kurashayotgan jamoa bilan quyi liga vakiliga qarshi o'yin o'rtasida farq qilmaslik yondashuvi mavsum davomida barqarorlikni ta'minlaydi.
Eslatib o'tamiz, Kompani “Bavariya”dagi ishini 2024 yil yozida boshlagan. U “Manchester Siti” safida 2008–2019 yillarda to'p surgan, Gvardiola esa klubni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!