date

Turkiyada bekor qilingan goldan so‘ng hakamga samokat otishdi

Turkiyada bekor qilingan goldan so‘ng hakamga samokat otishdi

Turkiyada yarim havaskor ligalardan birida futbol atrofidagi tartibsizlik yana keskin tus oldi: gol bekor qilingach, tomoshabinlar yon hakam tomonga elektr samokat uloqtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transport vositasi hakamga borib tegdi va u jarohat olgani aytilmoqda. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, katta rezonans uyg‘otdi.

Voqea «Darendespor» – «Hekimhan» uchrashuvida yuz berdi. Tablo 1:1 hisobini ko‘rsatib turgan paytda, 87-daqiqada bahsli epizod yuzaga keldi va yon hakam Hakan Baskur kiritilgan to‘pni qoida buzilishi bilan urilgan gol, deb baholadi.

Aynan shu qarordan so‘ng muxlislar orasidagi bezorilar darhol agressiv harakatga o‘tdi va maydon tomon elektr samokat otildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada bekor qilingan goldan so‘ng hakamga samokat otishdi