date

Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay» Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay» Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

«Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuvda turnir bilan xayrlashishdan avval ijobiy natija qayd etishga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida tayliklar foydasiga hal bo‘ldi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor darvozani ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol muallifiga aylandi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisidan ayrilib, kam sonli tarkibda qolganidan so‘ng o‘yin intrigasiz davom etdi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay» Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi