date

Kompani Gvardioladan o'zlashtirgan asosiy sabog'ini aytdi

Kompani Gvardioladan o'zlashtirgan asosiy sabog'ini aytdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlagan davridan nimalarni o'rganganini gapirib berdi. Belgiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati paytida «Manchester Siti»da ispaniyalik murabbiy bilan birga ishlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kompani ta'kidlashicha, Gvardioladan olgan eng muhim darsi taktika emas, balki mentalitet bilan bog'liq: har doim g'alabaga intilish, har bir uchrashuvni birdek jiddiy qabul qilish va kuchli raqib bilan o'yinmi yoki quyi liga jamoasiga qarshimi — farq qilmasdan bir xil yondashish. Uning fikricha, aynan shu tamoyil jamoaga tempni tushirmaslikka yordam beradi.

City Report keltirgan ushbu iqtiboslarda Kompani 2024 yil yozida «Bavariya»ni qabul qilib olgani ham eslatib o'tildi. Vensan Kompani «shaharliklar» safida 2008 yildan 2019 yilgacha to'p surgan, Gvardiola esa «Manchester Siti»ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Gvardioladan o'zlashtirgan asosiy sabog'ini aytdi