date

Frenk Lempard “Koventri”ni 25 yildan so‘ng APLga qaytardi

Frenk Lempard “Koventri”ni 25 yildan so‘ng APLga qaytardi

"Koventri Siti" bosh murabbiyi Frenk Lempard rahbarligida tarixiy natija qayd etdi — jamoa 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oldi. Klub so‘nggi marta 2001 yilda elita divizionida ishtirok etgan edi.

Lempard qo‘l ostida “Koventri” muddatidan oldin APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eng qizig‘i, murabbiy jamoaga kelganida u Chempionship jadvalida faqat 17-o‘rinda borayotgan, natijalar esa umidsizroq ko‘rinayotgan edi. Biroq atigi 1,5 yil ichida u klubni tubdan o‘zgartirib, elita safiga olib chiqdi.

Murabbiyning taktik yondashuvi, intizom va ishonchga asoslangan tizimi jamoa natijalarini keskin yaxshiladi. Shu sababli “Koventri”ning bu muvaffaqiyatida aynan Lempardning hissasi hal qiluvchi omil sifatida ko‘rilmoqda. Klub va murabbiy o‘rtasidagi hamkorlik kutilganidan ham samarali chiqdi.

Ayni paytda jamoa Chempionshipda ishonchli yetakchilik qilmoqda. “Koventri” ikkinchi o‘rindan 11 ochko farq bilan ilgarilab ketgan holda chempionlikni ham deyarli kafolatlagan holatda ko‘rinmoqda.

Shu bilan birga, ingliz OAVlarida Lempardga “Chelsi” tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Agar londonliklar rasmiy taklif bilan chiqsa, murabbiy uchun qaror qabul qilish oson bo‘lmasligi aytilmoqda.

Hozircha esa Lempard “Koventri” bilan tarix yozmoqda va klubni uzoq kutilgan Premyer-liga sahnasiga olib chiqish orzusini amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Frenk Lempard “Koventri”ni 25 yildan so‘ng APLga qaytardi