Karrager Arsenal ochko yo‘qotgan o‘yinga munosabat bildirdi

Angliya futbolining sobiq yulduzi va ekspert Jeymi Karrager APLning 31-turidan qoldirilgan «Arsenal» — «Vulverxempton» uchrashuvi yakuni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi va londonliklar muhim ochkolarni qo‘ldan chiqardi.
«Bu natijadan xursandman: o‘yinlarni yanada qiziqarli qiladi, muhokamalar uchun mavzu beradi va mavsum oxirigacha intriga saqlanib qoladi. O‘ylaymanki, bu Premer-liga uchun foydali», — deya Karragerning so‘zlarini keltiradi CBS Sports.
Shu bilan birga, mutaxassis chempionlik medallarini aynan «Arsenal» futbolchilari taqishini ko‘rishni istashini ham ta’kidladi.
«Kanonirlar» turnir jadvalida hanuz peshqadam, biroq «Manchester Siti» bilan farq endi unchalik katta emas — atigi besh ochko. «Shaharliklar»ning esa bitta zaxira o‘yini bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!