Janubiy Koreyada sun’iy intellekt orqali qilingan yolgʻon xabar muallifi qimmatga tushdi

Janubiy Koreyada tarqalgan yolgʻon xabar katta shov-shuv va xavotirga sabab boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, mahalliy hayvonot bogʻidan boʻri qochib ketgani haqidagi xabar sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan soxta tasvir bilan tarqatilgan.
Ushbu xabar qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyilib, aholi orasida vahima keltirib chiqargan.
Vaziyat jiddiy tus olgani sababli hukumat tomonidan shoshilinch ogohlantirish eʼlon qilingan, politsiya esa qidiruv ishlariga katta kuch jalb etgan.
Keyinchalik tekshiruvlar natijasida bu voqea haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va barchasi sunʼiy ravishda yaratilgani maʼlum boʻlgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yolgʻon axborot muallifini qoʻlga olgan. Unga nisbatan jinoiy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin boʻlib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi xavfi bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!